Jek Grilish o‘ziga xos rekord sohibiga aylandi

  • 27 iyul, 2020, 01:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish Premer-liga 2019/20 mavsumida o‘ziga xos natija qayd etdi.

Yakunlangan mavsumda 24 yoshli xavbekka 167 marotaba qo‘pollik ishlatildi, bu chempionatdagi yaqqol rekord natija sifatida qayd etildi.

"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgan Grilish mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!