"Jenoa" bosh murabbiyi Shomurodov dubl qayd etgan o‘yin haqida nimalar dedi?

  • 16 may, 2021, 13:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 37-turi doirasida Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" klubi "Atalanta"ni mehmon qildi va 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan so‘ng, genuyaliklar ustozi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: 

Tecno

"O‘zimizdan qoniqish hosil qilish uchun barcha ishni amalga oshirdik va nimanidir isbotlay oldik, nazarimda. Og‘ir vaziyatdan chiqib ketishimizga nima sabab bo‘ldi? Bilasizmi, barchasi jamoani o‘z kuchiga ishontira bilishda. 

"Kalyari" va "Palermo" bilan ham juda yaxshi o‘yin o‘tkazgandik. Biz sayohatimiz mobaynida o‘zimizdan qoniqish hosil qilish nimaligini anglay oldik. Kelajak haqida Pretsiosi gapirgani ma’qul. Doim barchasini klub egasi hal qilgan va bu mutlaqo to‘g‘ri, deb o‘ylayman", - dedi Ballardini.

Davide Ballardinining shartnomasi ushbu yozda o‘z yakuniga etadi. Klub unga hozircha yangi shartnoma taklif qilganicha yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!