"Jenoa" hujumchisi "Milan" nishonida!

  • 17 aprel, 2021, 14:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" hujumchisi Janluka Skamakka yozgi transfer vaqtida top klub safiga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, italiyalik hujumchi uchun kurashga "Milan" ham qo‘shildi. "Rossonerilar" hujum chizig‘ini Skamakka bilan kuchaytirmoqchi. Avvalroq, futbolchi "Sportweek"ga bergan intervyusida Zlatan Ibragimovichga o‘rinbosar bo‘lishga tayyor ekanligiga ishora qilgandi. 

"Transfermarkt" portali 22 yoshli forvardni 8 million evroga baholamoqda, biroq klub uning transferidan kamida 25-30 mln evro ishlab olmoqchi.

Joriy mavsum Janluka 21ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan. Uning xizmatiga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!