Jerrard Kloppning jamoasida o‘ynaganida, asosiy tarkibga kira olmagan bo‘larmidi?

  • 10 may, 2020, 18:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp mersisaydliklarning sobiq futbolchilari orasida faqatgina Stiven Jerrardni ortga qaytargan bo‘lardi.

Tecno

“Men Jerrardni qaytargan bo‘lardim, ammo u jamoada asosiy tarkib uchun raqobat olib borishiga to‘g‘ri kelardi. Ha, shunday kulgili fakt bor. Men 4,5 yildan buyon Stiven bilan bir tumanda yashayman, lekin hech qachon u bilan ko‘chada to‘qnash kelmadik. Lekin, karantin paytida u bilan 6-7 marta ko‘rishdik. Men itimni sayr qildirgani yoki yugurgani chiqaman, u esa oilasi bilan aylanishga chiqadi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Stiven Jerrard butun faoliyatini “Liverpul”da (1998-2015) o‘tkazgan va 11 ta sovrin qo‘lga kiritgan. U hozirda Shotlandiyaning “Gazgo Reynjers” klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!