
Jerrard Koutinoni o‘z jamoasida olib qolmoqchi
"Aston Villa" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o‘z safida saqlab qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Birmingem klubi braziliyalik futbolchini qishki transferlar davrida 40 million evroga keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.
Bosh murabbiy Stiven Jerrard 29 yoshli yarim himoyachining jamoada qolishini istamoqda. Biroq “Villa” rahbariyati may oyiga qadar Koutinoning kelajagi borasida biror qarorga kelolmaydi. "Barsa" futbolchini yozda sotish niyatida.
Koutinbo hozircha premer-liganing 7 ta o‘yinida maydonga tushdi va 3 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar