
Jerrard o‘z jamoasiga dunyoning eng kuchli hujumchilaridan birini olib kelmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares yozda APLga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Insayderning so‘zlariga ko‘ra, “Aston Villa” bosh murabbiyi Stiven Jerrard bir paytlar “Liverpul”da birga to‘p surgan urugvaylik futbolchi bilan yana birga ishlamoqchi.
Bundan tashqari, 35 yoshli futbolchining xizmatlariga “Ayaks”dan ham qiziqishlar bor. MLS va Braziliya klublari ham Suaresga befarq emas.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunida Suares erkin agentga aylanishi mumkin. Uning “Atletiko” bilan imzolagan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Fikrlar