
Jezus bugun "Liverpul"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin!
"Arsenal" futbolchisi Gabriel Jezus "Liverpul" bilan o‘yinda jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujumchi tizzasidan engil jarohat olgan. U Angliya kubogi doirasidagi bugungi bahsni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori.
Ma’lumot o‘rnida, "Arsenal" - "Liverpul" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.
Fikrlar