Jiru: "MLSdagi o‘yin uslubi menga mos kelmadi"
Olive Jiru "Lilltrr" tarkibiga ko‘chib o‘tishni o‘zi uchun yangi sinov deb baholadi.
- MLSdagi o‘yin uslubi menga to‘liq mos kelmadi. 13 yildan so‘ng Frantsiyaga qaytish - bu ham imkoniyat, ham g‘aroyib sinov.
Jismoniy holatim yaxshi ekanligini his qilyapman, xavotirlanmang. Men bu sinovga tayyorman. Yoshimga nisbatan o‘zimni yaxshi his qilyapman va tanam "to‘xta" demaguncha o‘ynashni istayman.
O‘zimni sinash uchun sinovlar kerak, aynan shular faoliyatimni oldinga siljitdi, - dedi Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli hujumchi "Los-Anjeles"ni erkin agent sifatida tark etdi va Frantsiya klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar