
Jiru yana uchta gol ursa Frantsiya terma jamoasi eng yaxshi to‘purarga aylanib oladi
22 sentyabr kuni Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasining 5-turi doirasida Avstriya terma jamoasini qabul qiladi. Bahs mehmonlarning ishonchli hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga etdi - 2:0.
Uchrashuvning 56-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni ochgan bo‘lsa, Olive Jiru 65-daqiqada gol urib, farqini ikkitaga oshirdi.
Jiru uchun bu Frantsiya terma jamoasi uchun 49-gol bo‘ldi. Hujumchi bu gol orqali "uch ranglilar" tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar bo‘lib oldi. Rekordni takrorlash uchun ikki gol qoldi. Hozirda Frantsiya tarixidagi eng yaxshi Terri Anri bo‘lib turibdi - 51 ta gol.
Fikrlar