Jiruga APLdan da’vogar chiqdi

  • 04.01.2023 10:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Milan" hujumchisi Olive Jiru ushbu transfer oynasida APLga qaytishi mumkin.

"The Times" xabariga ko‘ra, 36 yoshli frantsiyalik futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Frantsuzning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Jiru 2021 yil iyulidan beri "Milan" safida to‘p tepadi. Joriy mavsumda u 19 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jumladan, hujumchi EChLda ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 6 ta o‘yinda 4 ta gol urgan va 2 ta golga assist bergan. "Transfermarkt" portali Jiruni 4 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!