
Jiruning yagona kamchiligi nima?
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra "Chelsi"dagi hamyurti Olive Jiru haqida gapirdi.
“Jiruning yagona kamchiligi uning familiyasidir. Agar uning ismi Jirundino bo‘lsa, odamlar uni yaxshi ko‘rishardi. Men uni "Chelsi"ning eng kuchli hujumchisi, deb bilaman. Frantsiya terma jamoasi muxlislari nega undan shubhalanayotganini tushunmayapman. "Arsenal"da Jiru har doim tanqidga uchragan, ammo u bu muammolarni bartaraf etgan. Agar men murabbiy bo‘lganimda, Olive har doim asosiy tarkibda o‘ynagan bo‘lardi”, - dedi Evra.
34 yoshli Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar