Jizzaxda to‘polon. “So‘g‘diyona” muxlislari nima talab qilayotganini bilasizmi? (Video)

  • 19 mart, 2023, 12:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kuni kecha barchaning e’tibor markazida bo‘lgan Osiyo kubogining finali ham yakuniga etdi. Ravshan Haydarov jamoasi boshqaruvidagi U20 termamiz qit’ada tengsiz ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. O‘sha kuni futbolimizda yana bir voqea sodir bo‘ldi, ammo u chempionlik fonida sezilmay ketdi.

Yorqin Nazarov boshqaruvidagi “So‘g‘diyona” ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozonishni uddalay olgani yo‘q. Farg‘onaning “Neftchi” klubi Zominda ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi. Bahs yakunlangach, “bo‘rilar” ishqibozlari stadion atrofida jam bo‘lgancha, klub rahbarlaridan Ulug‘bek Baqoevni ortga qaytarishini talab qilishdi.

Qonaqarsiz startdan so‘ng, stadion atrofida norozligini bildirgan ishqibozlarni tushunish mumkin. Ulug‘bek Baqoevning “So‘g‘diyona”si o‘z o‘yin uslubi bilan istalgan raqibni hisoblashishga majbur etar, jamoa chinakamiga “chaqilmas yong‘oq”qa aylangan edi.

Hozir Yorqin Nazarovning 3 o‘yinda 1 ochko ishlaganini Jizzaxliklar hazm qilishi deyarli imkonsiz. O‘tgan mavsumda bu paytga kelib “bo‘rilar” 7 ochko bilan turnir jadvalida birinchi pog‘onani 3 klub bilan bo‘lishib turgan edi.

Otgan yilgi

sugdiyona_1

Xo‘sh, bu vaziyatda Yorqin Nazarovning iste’fosi nimani o‘zgartirishi mumkin? Hech narsani, shu bilan birgalikda barchasini! Baqoevning ortga qaytishi masalasi kun tartibidan o‘rin egallamagan. Klub rahbariyati Nazarovga ishonch bildirishini bir necha bor ta’kidladi. Murabbiyni esa, oqlab bo‘lmaydi. U yig‘inlardan so‘ng jamoa tepasiga kelgani yo‘q. U 2022-yilgi mavsum so‘ngida murabbiy etib tayinlandi. O‘zi istagan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi, legionerlarni tanladi. Sodda qilib aytsak, bahona izlashning imkoni yo‘q.

Yorqin

Murabbiy startni omadsiz o‘tkazdi. Ilk turda “Bunyodkor”dan alamli mag‘lubiyat qabul qilingan bo‘lsa, keyin bir kishi kam bo‘lgan “Olimpik” bilan bazor durang natija qayd etildi. 3 turga kelib, “Neftchi” bir bosh baland o‘ynab engil g‘alaba bilan Farg‘onaga qaytib ketdi. Stadion atrofida jon xolatda Baqoev familyasini hayqarib aytyotgan ishqibozlarni tushunish mumkin. Ular, o‘zlari o‘rgangan, ro‘parasidagi klub kim bo‘lishidan qat’iy nazar kompramisga bormaydigan qaysar “So‘g‘diyona”ga ko‘nikib qolgan. Agar ish shu tempda ketsa, Superligadagi ilk iste’fo Jizzax tomonlarda sodir bo‘lishining ehtimoli yuqori. Yoki, rahbariyat oxirigacha Nazarov tomon bo‘lib turishni uddalay oladimi? Ulug‘bek Baqoev ortga qaytishi maslani bir qarashda to‘liq echishi mumkindek, ammo bu ish deyarli imkonsiz darajaga aylanib bo‘lgan. Demak, ko‘nikish, yoki yana hammasini qaytadan qurish kerak. 

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
19/03/2023 14:58
Yrqin nazarov qaysi jamoada uynagan.
&
19/03/2023 17:35
Бу Андижон жамоасини хам эплай олмай Сурхонга к,очиб кетган Сурхонда хам хеч нарсани эплай олмаган бу к,андай к,илиб Сугдиёнага келиб колди