
Joan Laporta: "Barsa"da hamma oxirigacha kurashadi. G‘alaba qozonishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin. Lekin aslo taslim bo‘lmaymiz!"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub muxlislariga murojaat bilan chiqdi. Bugun uning jamoa prezidentligiga qaytganiga 3 yil bo‘ldi.
"Kelgusi yilga mo‘ljallangan, puxta ishlab chiqilgan strategik rejadagi vazifalar klubning iqtisodiy tiklanishini yakunlash va jahon futbolida etakchilikka qaytishni tezlashtirishga qaratilgan.
Noyabr oyida nishonlanadigan 125 yillik yubileyga oz vaqt qoldi. Bu mavsum hali ko‘p yutuqlarga erishamiz.
"Barselona"ning oltita jamoasi (erkaklar va ayollar futbol klubi, basketbol, qo‘l to‘pi, xokkey va futzal) o‘zi ishtirok etadigan olti liganing amaldagi chempionidir. Bu jamoa tarixida misli ko‘rilmagan natija.
Bizda hamma oxirigacha kurashadi. G‘alaba qozonishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin. Lekin aslo taslim bo‘lmaymiz!", - dedi "Barsa" rahbari.
Fikrlar