Joyini Nuneshdan qaytib olgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

  • 21.12.2025 00:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 17-turida “Manchester Siti” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Vest Xem” futbolchilarini 3:0 hisobida engib, ochkolari sonini 37 taga etkazdi va musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan holda o‘zidan birtta kam o‘yin o‘tkazgan “Arsenal”ning ochko yo‘qotishini kutadigan bo‘ldi.

Bu bahsda Xosep Gvardiola tarkibda bir necha o‘zgarishlar qilib,  67-daqiqada  Abduqodir Husanovni maydonga tushirdi.

Nufuzli manbalardan biri – esteemedkompany.com portali “Manchester Siti” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.

Janluiji Donnarumma — 7,5/10:

Ikkinchi taymda bir necha ajoyib seyvlarni amalga oshirib, “Vest Xem”ning o‘yinga qaytishiga imkoniyatini bermadi.

Mateush Nunesh — 9/10:

Nunesh bu o‘yinda “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi. U o‘ng himoyachi pozitsiyasida juda yaxshi o‘ynadi, Niko almashtirilgandan so‘ng esa, yarim himoyaga o‘tib, u erda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Ruben Diash — 7/10:

Diashning navbatdagi odatiy, barqaror o‘yini. Himoyada ishonchli harakat qildi va etakchiga xos tarzda o‘yinga ta’sir o‘tkazdi.

Yoshko Gvardiol — 7,5/10:

“Manchester Siti”ning eng yaxshi himoyachisi Gvardiol bo‘ldi. U to‘p bilan yaxshi muomala qildi va ko‘p bor o‘z vaqtida raqibdan to‘pni tortib oldi.

Niko O’Rayli — 7/10:

Niko O’Raylidan yana bir yaxshi o‘yin. U o‘z vazifasini shunchaki yaxshi bajaradi, bu esa “Manchester Siti” o‘yini uchun juda muhim.

Niko — 7/10:

Ayniqsa, birinchi taymda yarim himoyada raqib hujumlarini yaxshi to‘xtatdi. Almashtirilib, dam berishdan oldin to‘p bilan ham ishonchli o‘ynadi.

Bernardu Silva — 7/10:

Bernardu Silvadan yana bir katta mehnat talab qilgan o‘yin. U “Siti” mexanizmining to‘g‘ri ishlashi uchun kerak bo‘lgan barcha ishlarni qiladi. Biroq ikkinchi taym boshida omadsiz pas bilan jamoasiga muammo yaratdi, bu esa “Manchester Siti” o‘yinida yaxshilash talab etiladigan jihat borligini ko‘rsatdi.

Tijani Reynders — 7,5/10:

Reynders zo‘r o‘ynadi. U gol urdi va butun o‘yin davomida markaziy maydonda foydali pozitsiyalarni egallab turdi.

Fil Foden — 7/10:

Fodendan yaxshi, ammo o‘ta yorqin bo‘lmagan o‘yin.

Rayan Sherki — 7,5/10:
 

Sherki so‘nggi o‘yinlardagidek juda yorqin bo‘lmadi. Biroq birinchi taymda u ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi va “Manchester Siti”ning to‘p nazoratida ustunlik qilishida muhim o‘rin tutdi. Shuningdek, Tijani Reyndersning golida ham muhim rol o‘ynadi.

Erling Holand — 8/10:

Ikkita gol urgan va golli uzatma bergan futbolchi haqida bunday deyish g‘alati tuyuladi, ammo Xoland bugun yanada ko‘proq ish qila olishi mumkin edi. Uning hal qiluvchi zarbalari unchalik aniq bo‘lmadi va u 4–5 ta gol urishi ham mumkin edi. Shunga qaramay, uning dublli va golli uzatmasi “Siti” g‘alabasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Abduqodir Husanov — 6/10:

Nikoga dam berish uchun o‘ng himoyachi pozitsiyasiga chiqdi, Mateush Nunesh esa, o‘zbek futbolchisiga joyini bo‘shatib berdi va o‘zi yarim himoyaga ko‘chdi. Almashinuvdan so‘ng raqib o‘ng qanotda biror vaziyat yarata olgani yo‘q.

Riko Lyuis — 6,5/10:

Qisqa  o‘ynaganiga qaramay, bir necha yoqimli epizodlarni namoyish etdi.

Savinyu — 7/10:

Yaxshi formasini davom ettirdi va zaxiradan maydonga tushgach faol bo‘ldi. Afsuski, o‘yin oxiridagi o‘z imkoniyatini golga aylantira olmadi.

Divayn Mukasa — 6,5/10:

Mukasani Premer-ligadagi debyuti u uchun alohida on bo‘ldi. U yomon o‘ynamadi va hatto o‘z hisobiga ilk golli uzatmani yozib qo‘yishi ham mumkin edi, ammo Erling Xoland Mukasa yaratgan imkoniyatdan foydalana olmadi.

Husanovning hissasi bor! Gvardiola nega klubdan ketmasligini aytdi

O‘zbekiston jahon chempionatida qaergacha etib boradi?

Gvardiola Husanovni tanqid qilgan murabbiyni “razbor”ga chaqirdi

Husanovning eng kuchli to‘rt jihati aytildi

Ekspertlar qo‘pol o‘ynagan Husanovning harakatlarini qanday baholadi?

Nihoyat, Husanovni maydonda ko‘ramiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!