Joze Mourinyo "Real" ustidan qozonilgan g'alabani izohladi

  • 29.01.2026 03:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turida "Real"ga qarshi o‘yin (4:2) yakunlari bo‘yicha fikr bildirdi.

Portugaliya klubi mazkur bosqichni 24-o‘rinda yakunlab, pley-off saralash o‘yinlariga yo‘l oldi.

— G‘alabaga to‘liq munosibmiz. Mbappeda ikki vaziyat bo‘ldi — ikkisi ham gol bilan yakunlandi. "Real" ustidan g‘alaba qozonish "Benfika" uchun ulkan sharaf ekani shubhasiz, — dedi Mourinyo.

Pley-off saralash bosqichida ehtimoliy raqiblar — "Inter" va "Real" haqida:

— Ikki klubni ham juda yoqtiraman. Bugungidek do‘stlar bilan uchrashish yoqimli. Bu jamoalar Chempionlar ligasini yutib olish salohiyatiga ega.

Trubinning goli haqida:

— Almashtrishlar qilganimda, pley-offga chiqqanmiz deb o‘ylagandim. Bir necha soniyadan so‘ng bunday emasligini aytishdi. Standart vaziyatda omad kuldi va Trubin tarixiy gol urdi. Menimcha, bu to‘liq adolatli holat edi, — dedi "Benfika" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!