Joze Mourino: Vazifa bajarildi

  • 13 dekabr, 2018, 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino kecha EChL guruh bosqichining so‘nggi turida "Valensiya"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Vazifa bajarildi. Bizning guruhimiz judayam qiyin guruh edi. To‘g‘ri, biz guruh bosqichida o‘zimizni ko‘rsata olmadik, ammo tarkibdagi jarohatlar va boshqa yana ko‘plab muammolarga qaramay Ispaniyaga pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan holda tashrif buyurdik”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “N” guruhida kurash olib borgan “Manchester Yunayted” yakunda “Yuventus”dan so‘ng ikkinchi o‘rin bilan nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!