Joze Mourino «Zarya»ga qarshi o‘yindan so‘ng Eldor Shomurodovni tanqid qildi
Rimning «Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa Konferentsiyalar ligasidagi «Zarya»ga qarshi o‘yin (3:0) to‘g‘risida fikr bildirdi. Bu haqda «Footboob» nashri xabar berdi.
Portugaliyalik 58 yoshli mutaxassis Shomurodovning o‘z darajasida o‘ynay olmaganini ta’kidladi.
- Tezkor gol bizga ishonch bag‘ishladi. Eldor o‘z darajasidagi o‘yinni ko‘rsata olmadi. Ochiq futbol namoyish etdik. Natija meni qoniqtirdi va u doim muhim. Guruhdan chiqish uchun 5–6 ochko to‘plash qoladi. O‘yinda hech kim jarohatlanmadi. Asosiy futbolchilarga dam berishga qaror qildim. Kimlardir zaxirada, kimlardir esa Rimda qoldi. A Seriyada ham g‘alabalarga erishishimiz lozim, – dedi Mourino.

Fikrlar