Kabo-Verde terma jamoasi futbolchisi: "Ispaniyani yengishimiz mumkin"
Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Kabral, hozirda Lissabondagi "Benfika" klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi, 2026 yildgi jahon chempionati guruh bosqichida Ispaniya termasiga qarshi kutilgan o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Biz jamoa sifatida hammaga shunga qodir ekanimizni ko‘rsatmoqchimiz: bunday raqibga qarshi ham munosib o‘ynay olamiz. Ispaniya bu turnirning asosiy favoritlaridan biri. Shunga qaramay, biz ularga qarshi munosib kurashishimizga ishonaman", – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Diario Sport nashri.
Kabo-Verde va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv dushanba, 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Shu guruh doirasidagi yana bir uchrashuvda Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushadi.

Fikrlar