Kamerun prezidenti "Liverpul"ning sobiq futbolchisini mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinladi
Kamerun prezidenti Rigobert Songni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi.
"Liverpul" va "Galatasaroy" klublarining sobiq himoyachisi mamlakat prezidenti Pol Biyaning ko‘rsatmasiga binoan bu lavozimda Toni Konseysaoni almashtirdi. Aytish kerakki, Konseysau qo‘l ostida terma jamoa JCh-2022 saralashi uchun pley-off bosqichiga chiqdi.
Song bundan avval Kamerun olimpiya terma jamoasini boshqargan edi.
Kamerun terma jamoasi JCh-2022 saralashida Jazoirga qarshi 2 ta pley-off o‘yinini o‘tkazadi. Birinchi uchrashuv 25 mart kuni, ikkinchi uchrashuv 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar