Kamoliddin Tojiev: "Bizda kuchli tarkib bor" (matbuot anjumani)
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev "Qizilqum" ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yinning ilk daqiqasidan boshlab nazorat qildik. O‘yin avvalidagi gol raqibning himoyasida bo‘shliq paydo bo‘lishini yigitlarga aytgan edim".
"Xorazm"ga qarshi o‘yinda ham shu tarkib maydonga tushadimi? Sababi, ularning maydoni sun’iy hisoblanadi!
"Bizda etarli rejalar bor, lekin hozir buni oshkor qila olmayman".
"Neftchi" - OKMK uchrashuvidan qanday natija kutmoqdasiz?
"Albatta bizdan yuqori jamoalar ochko yo‘qotishini!".
Sizningcha tarkibdagi qaysidir pozitsiyada bo‘shliq bormi?
"Hozirgi kunda bizda kuchli tarkib bor. Har bir pozitsiya uchun futbolchilarimiz etarlicha".
Zaid Tahsin Iroqda qizil olganidan so‘ng qaytib keldimi yoki oxirigacha qoldimi?
"Yo‘q, jamoasi bilan qoldi. Sababi, uning qaytish biletlari olib bo‘lingan edi".



Fikrlar