Kamonchilarimiz Belarusdagi musobaqada muvaffaqiyatli qatnashishdi

CHERY AUTO

Belarusning Brest shahrida kamondan otish bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga etdi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham mazkur musobaqada ishtirok etib, sovrinli o‘rinlardan joy olishdi.

Tecno

2x70 metr yo‘nalishida kechgan yoshlar o‘rtasidagi bellashuvda qizlarimizning ishtiroki, ayniqsa, e’tiborli. Boisi unda barcha sovrinli o‘rinlar hamyurtlarimizga nasib etdi. Ziyodaxon Abdusattorova, Kamola Yunusova va Anastasiya Soldatenko shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsalar, yigitlarimizdan Aloviddin Abdulboriy ayni shu yo‘nalishda kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, terma jamoamiz MIX bahsida ham eng yaxshi natijani qayd etdi.

Terma jamoamiz ushbu shaharda 8 sentyabrga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettiradi.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!