Kanchelskis Shomurodovga Evropa futbolida o‘ynash usulini o‘rgatdi. Eldorni Ronaldu bilan raqobat kutmoqda

  • 1 oktabr, 2020, 02:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Jenoa”ga o‘tishi hal bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga Evropa futbolida o‘ynab ketish bo‘yicha qimmatli maslahatlarni berdi.

9051584337091_1

- Menga Eldor Shomurodov juda yoqadi. U o‘tkir gol sezish qobiliyatiga ega ajoyib hujumchi. Pandemiya tufayli o‘yini pasaygan edi. Bu virus butun dunyoga ta’sirini o‘tkazdi. Hozir optimal formasini tiklab oldi va A Seriyada o‘zini ko‘rsatishga qodir. Eldor Genuyaga ketyapti va u erda dengiz mahsulotlarining eng saralari bor. Shomurodovga ushbu shahar hayotiga kirishib ketishini va tezroq italyanchani o‘rganib olishini tilayman. “Jenoa”ning ajoyib stadioni va yaxshi rivojlangan infratuzilmasi bor. Eldor u erda o‘z ustidan ishlab, nimalarga qodirligini isbotlasa bo‘ldi. Bu zo‘r hujumchiga juda yaxshi yangi sinov bo‘ladi, - dedi Andrey Kanchelskis.

Ta’kidlash joizki, Andrey Kanchelskisning o‘zi Angliyada “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Manchester Siti”, “Sautgempton”, Italiyada “Fiorentina” va Shotlandiyada “Reynjers” jamoalari sharafini himoya qilgan. Mashhur futbolchi Angliya va Shotlandiya chempionligiga sazovor bo‘lgan. Kanchelskis o‘z vaqtida futbolchi sifatida Evropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgani inobatga olib, uning maslahatlari Eldor uchun foydali bo‘lishi aniq.

960-600-andrej-kanchelskis

Shu o‘rinda, Eldorning yangi ish joyiga aylanishi kutilayotgan “Jenoa” jamoasi haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz. “Jenoa” 1893 yilda tuzilgan Italiyaning eng qadimgi klublaridan biri. 1898  yilda tashkil etilgan birinchi chempionatdagi debyutini “Torino”ga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba bilan boshlagan. Genuyaliklar o‘sha daslabki mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan va keyingi ikki chempionatda o‘z  unvonini munosib himoya qila olgan edi. Genuyaliklar umumiy hisobda to‘qqiz marotaba Italiya chempioni bo‘lgan va bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Lekin bu muzaffar onlar uzoq o‘tmishda qolib ketgan.

Yangi tarixda “Jenoa” katta g‘alabalardan uzoqda yuribdi. Bugungi kunda “Jenoa” A Seriyaning o‘rtamiyona jamoalaridan biriga aylanib qolgan. Uy  o‘yinlarini 36 mingdan ziyod muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradigan "Luiji Ferraris" stadionida o‘tkazadigan ushbu jamoaga joriy mavsumda Rolando Maran bosh murabbiylik qilmoqda.

Jamoaning hozirgi tarkibida Mattia Perin, Federiko Marketti, Kristian Sapata, Domeniko Krishito, Davide Dzappakosta, Luka Pellegrini, Valon Bexrami, Goran Pandev kabi mashhur futbolchilar to‘p surmoqda.

BB17gj4g

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Italiya klubi Eldor Shomurodov uchun 9 million evro va qo‘shimcha bonuslar to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, genuyaliklar kelajakda o‘zbekistonlik hujumchini boshqa jamoaga transfer qiladigan bo‘lsa,  kelib tushadigan summadan 15 foiz ulushni "Rostov" klubiga o‘tkazib beradi.

Eldor Shomurodov Italiyaga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, o‘zbekistonlik muxlislar orasida A Seriyaga bo‘lgan qiziqish keskin ortishi aniq. Eng qizig‘i esa, Eldor Shomurodov hujumchi sifatida gol urish bo‘yicha Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibrohimovich, Andrea Belotti, Chiro Immobile, Romelu Lukaku, Lautaro Martines kabi yulduzlar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbek futbolining bugungi kundagi eng zo‘r hujumchisining nimalarga qodir ekanini, albatta, vaqt ko‘rsatadi. 

Shomurodovning narxi qancha? “Rostov” “Jenoa”ning 8 millionini mensimadi yoxud Eldorga Evropadan yana uchta taklif bor

"Jenoa" Eldor Shomurodovni olyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!