"Kanelo" Kovalyovni nokautga uchratdi

  • 3 noyabr, 2019, 11:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Hozirgina AQShning Las-Vegas shahrida yakunlangan boks oqshomining markaziy jangida rossiyalik yarim og‘ir vazn toifasida WBO chempioni Sergey Kovalyov meksikalik Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi jang olib bordi. 12 raundga belgilangan jang WBO kamari uchun bo‘ldi. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, "Kanelo"ning yarim og‘ir vazn toifasidagi debyut jangi edi. Xullas 10 raund ajoyib harakat qilgan Sergey Kovalyov afsuski, 11 raundda og‘ir nokautga uchradi. 
Meksikalik Saul Alvares endi yarim og‘ir vazn toifasida ham WBO chempionlik kamari sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!