Kannavaro A Seriyadagi eng kuchli klub nomini aytdi
Italiya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro A Seriyadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi.
"Inter" Italiya chempionatidagi eng kuchli klub. U ko‘p yillardan beri turnir jadvalida etakchilik qilayotgani ajablanarli emas", - deya Kannavaroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira.
Kivu bu yozda "Inter"ni qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida jamoa 15 ta o‘yindan so‘ng 33 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Italiya chempionatining keyingi bosqichida "Inter" safarda "Atalanta"ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar