Kannavaro: “Negativlar — bu doimo bo‘ladigan holat”

  • 09.10.2025 20:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Quvaytga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu bellashuv jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun debyut o‘yin hisoblandi. Italiyalik mutaxassis bahsdan so‘ng matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi.

" Kecha aytganimdek, hech bir o‘yin oson bo‘lmaydi. Har bir raqibni jiddiy qabul qilish kerak. Uchrashuvni yaxshi boshladik, mashg‘ulotlarda ishlagan g‘oyalarimiz samara berdi. Futbolchilar meni eshitayotganidan mamnunman. Biroq hali ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. G‘alaba bilan boshlash muhim edi. Endi futbolchilar haqida ko‘proq ma’lumotga egaman.

Negativlar — bu doimo bo‘ladigan holat. Shu vaqtgacha tanqidlar bo‘lmaganmi? Albatta bo‘lgan. Lekin men ularga e’tibor qaratmayman. Doimo o‘z ishim haqida o‘ylayman. Muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan odamni ham hurmat qilish kerak. Futbolchilarga biroz agressiv bo‘lish kerakligini aytdim. To‘psiz o‘ynash ustida ishlashimiz lozim. Raqib pressing qilmagan taqdirda ham bunga tayyor bo‘lish shart. Birinchi gol — mashg‘ulotlar mevasi.

Penaltini futbolchilar amalga oshiradi, ammo avvalo uni his qilish kerak. Bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz. Futbolda barcha jihatni mashg‘ulot orqali rivojlantirish mumkin. Fayzullaevning holati yaxshi — bu borada shifokorlar bilan gaplashdik.

O‘z ustida ishlashda davom etishimiz lozim. G‘alaba qozonayotganda ko‘proq nazoratga ahamiyat berish zarur. Hisob 2:0 bo‘lib turgan paytda oddiy holda to‘pni yo‘qotdik, raqibga imkoniyat bermaslik — eng muhimi. Biroq futbolchilar men so‘ragan narsalarni bajara olishdi.

To‘p nazorati ustida ishlashimiz kerak. Maydonda 90 daqiqa davomida faqat yugurishning iloji yo‘q. Shu bois futbolchilardan bir-birini yaxshiroq tushunish talab etiladi.

Bizning futbol ko‘p jihatlarni o‘z ichiga oladi. Umid qilamanki, futbolchilar bilan ko‘proq muloqot qilamiz. Garchi doim birga bo‘lmasak-da, ularga ishonch berib, videolar orqali ishlashga harakat qilami", - dedi jamoa ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!