Kante bir qarorga keldi
"Chelsi" xavbeki Ngolo Kante o‘zining kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.
Goal.com nashrining yozishicha, 29 yoshli frantsuz garchi “Inter”dan taklif bo‘layotganiga qaramay, "Chelsi"da qolmoqchi. Uni Londonda hamma narsa qanoatlantirmoqda va shu sababli ham barcha takliflarni rad etmoqchi.
Kante o‘tgan mavsum “Chelsi” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar