Kante uchun da’vogarlar qatoriga yana bir grand klub qo‘shildi

  • 11.04.2020 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi ham "Chelsi" xavbeki Ngolo Kante uchun kurashga qo‘shildi.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 29 yoshli frantsuzni sotmoqchiligi haqida tarqalgan xabardan so‘ng, “keksa sinora” ham darhol uning uchun kurashga qo‘shilgan. Aytish kerakki, Kante uchun “Real” va PSJ ham asosiy da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Ngolo Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi 80 mln evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!