Kapadze Kannavaro haqida iliq fikrlar bildirdi
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va Temur Kapadze o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kapadzening o‘zi “Sport TV” telekanalida efirga uzatilgan “Gol” ko‘rsatuvida ma’lum qildi.
“Kannavaro bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U bilan oramizda hech qanday muammo bo‘lmagan. Aslida, jamoaga bosh murabbiy sifatida kelishida uning hech qanday aybi yo‘q — men buni to‘g‘ri tushunaman. U futbolchilik faoliyati davomida juda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgan va katta jamoalar sharafini himoya qilgan. Unda ulkan tajriba bor. Biz ikkimiz ham futbolchi bo‘lganmiz. Futbolchilar bir-birini tez tushunib oladi”, — dedi o‘zbekistonlik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Temur Kapadze italiyalik murabbiyning shtabidan joy olgan.



Fikrlar