Karantindan keyingi premer-ligani Shomurodovning o‘yini boshlab beradi
Metaratings nashri 19 iyundan davom ettiriladigan Rossiya premer-ligasi uchrashuvlari sanasini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra karantindan keyingi ilk uchrashuv hamyurtimiz Eldor Shomurodov ishtirokida bo‘ladi. Aniqrog‘i, «Rostov» 19 iyun juma kuni safarda “Sochi” mehmoni bo‘ladi.
20 iyun kuni esa «Ufa» - «Rubin», «Arsenal» - «Spartak» va «Lokomotiv» - «Orenburg» uchrashuvlari o‘tkaziladi. 21 iyun kuni esa «Krilya Sovetov» - «Axmat», «Ural» - «Tambov», TsSKA – «Zenit» va «Krasnodar» - «Dinamo» uchrashuvlari bilan tur yakunlanadi.

Fikrlar