Karim Benzema "Oltin to‘p"ni kim olishi haqidagi savolga javob berdi

  • 19.07.2020 23:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya nashrlariga bergan intervyusida "Oltin to‘p" masalasida jurnalistning savoliga javob berdi.

- La Liga chempionligini qo‘lga kiritdik. Bu juda ajoyib. Chunki biz bir necha yildan beri Ispaniya chempionligiga erisha olmayotgandik. Mana endi niyatimizga etdik.

"Oltin to‘p"ni men olamanmi? Buni vaqt ko‘rsatadi. Bunday sovringa ega chiqish yoqimli. Ammo bu yo‘lda raqobat kuchli bo‘lishi aniq, - dedi Benzema. 

Xorijlik bir qator mutaxassislar tomonidan bu galgi "Oltin to‘p" Karim Benzemaga nasib etishi kerakligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!