Karimni bu mavsum to‘xtatib bo‘lmayapti!

  • 08.10.2021 02:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi Millatlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan baxsda Belgiyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvning 62-daqiqasida Karim Benzema gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Qaymoqranglilar" forvardi bu mavsumda terma jamoa va klub safida umumiy 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda 33 yoshli forvard La Ligada 9 ta gol va 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan holda, har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, 10 oktyabr sanasida Desham shogirdlari Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi maydonga chiqadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!