Karius yana "Liverpul"ga qaytmoqda

  • 22 aprel, 2020, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Beshiktosh" safida ijarada o‘tkazgan germaniyalik posbon Loris Karius turk klubi bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda NTV Spor xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Karius shartnomani bekor qilish huquqidan foydalanib, uni bekor qilgan. Endi u o‘zining transferiga egalik qiluvchi “Liverpul” safiga borib qo‘shiladi.

26 yoshli Karius joriy mavsum “Beshiktosh” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 46 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!