
Karlos Teves nega Xitoyda o‘ynashga rozi bo‘lganini aytdi
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves nima uchun bir vaqtlar Xitoy chempionatiga o‘tishga qaror qilganini tushuntirdi. Eslatib o‘tamiz, Teves 2017 yildan 2018 yilgacha "Shanxay Shenxua" klubida o‘ynagan.
“Ko‘pchilik meni Xitoyga ketganim uchun tanqid qildi. Ammo ular mening tariximni bilishmaydi. Faoliyatimning ushbu bosqichi orqali men juda ko‘p pul ishlab oldim. Lekin nima qilganimni bilasizmi? Men agentimga bu pullar menga kerak emasligini, shunchaki 15 ta uy sotib olib, oilamni Fuerte-Apachedan (Buenos-Ayresning kambag‘allar yashaydigan tumani) olib chiqmoqchiligimni aytdim.
Buni hech kim bilmaydi, lekin men 15 ta oilani boqishga harakat qilyapman. Ukalarim, amakilarim va boshqalar. Agar hisoblasangiz, ular taxminan 60 kishini tashkil qiladi. Men qilgan hamma narsa Tevesning yangi avlodi yaxshiroq hayot kechirishi, yaxshi ta’lim olishi va men ko‘rgan kunlarni ko‘rmasliklari uchun bo‘ldi”, — dedi futbolchi.
Fikrlar