Karrager: "Arne Slotning jamoasi “Manchester Yunayted”dan ancha kuchli"

  • 20.10.2025 14:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi va hozirda futbol tahlilchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager Angliya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan “Liverpul” — “Manchester Yunayted” bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Ushbu o‘yinda “qizil iblislar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

"Arne Slotning jamoasi “Manchester Yunayted”dan ancha kuchli. Agar MYu “Enfild”da g‘alaba qozonishi kerak bo‘lsa, aynan shunday — ozgina omad va so‘nggi daqiqadagi gol hisobiga erishishi mumkin edi. “Liverpul” himoyada juda yomon o‘ynadi, va ular bu muammoni hal qilmaguncha, chempionlikni qo‘lga kirita olmaydi”, — dedi Karrager.

 Ma’lumot uchun, 8 turdan so‘ng mersisaydliklar uchinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam “Arsenal”dan 4 ochkoga orqada. Ruben Amorim shogirdlari esa 9-pog‘onada joylashgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!