
Karrager: MYu Pogbani sotishi kerak
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" o‘z yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib yuborishi kerakligini aytdi.
"Pol Pogba Stiven Jerrard, Yaya Ture yoki Frenk Lempard kabi yarim himoya chizig‘ining buyuklari bilan tenglasha olmaydi. "Manchester Yunayted" frantsuz futbolchisini sotib yuborishi kerak," - dedi sobiq futbolchi Jeymi Karrager.
27 yoshli futbolchi so‘nggi oylarda doimiy ravishda asosiy tarkib uchun kurash olib bordi. Pogba jamoasining oxirgi ikki uchrashuvida zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. "Old Trafford" egalari bu o‘yinlarda "Istanbul Bashakshehir" klubiga mag‘lub bo‘ldi va “Everton” ustidan g‘alabaga erishdi.
Fikrlar