Karrager: "Nyukasl" "Liverpul"dan yaxshiroq o‘ynadi va g‘alabaga munosib edi"

  • 26.08.2025 23:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager APLning 2-turidagi "Nyukasl"ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoa o‘yinini tanqid qildi.

"Bu ehtimol g‘olib jamoaning eng yomon o‘yinlaridan biri va mag‘lub jamoaning eng yaxshi chiqishlaridan biri bo‘ldi. Menimcha, "Nyukasl" g‘alaba qozonishi kerak edi — ular barcha jihatdan "Liverpul"dan kuchliroq ko‘rindi", — dedi Karrager "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ikki turdan so‘ng Arne Slot shogirdlari 6 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar so‘nggi o‘yinda raqibni 3:2 hisobida mag‘lub etdi, hal qiluvchi gol esa oxirgi daqiqalarda urildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!