Karrik fikri MYu uchun muhim bo‘lib qoldi

  • 19.01.2026 15:46
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa murabbiyi Maykl Karrikka klubning transfer jarayonida ishtirok etish imkoniyatini berdi. Bu haqida Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati mutaxassis bilan uchrashib, uning yangi o‘yinchilarni sotib olish bo‘yicha fikrlarini muhokama qiladi. Klub murabbiyning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tarkibni kuchaytirmoqchi. 

Ma'lumot uchun, bir nechta kun oldin MYu Karrikni mavsumning oxirigacha murabbiy lavozimiga tayinlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!