Kasillyas Ispaniyaning Kabo-Verde bilan oʻyindagi natijasi fojia emasligini tushuntirdi
Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Jahon chempionati guruh bosqichida Kabo-Verde termasiga qarshi oʻyindan keyin fikr bildirdi. Uchrashuv gollsiz durang — 0:0 hisobida yakunlandi.
«Ispaniya yomon oʻynamadi. Bu oʻnta oʻyindan bir marta uchraydigan bellashuvlardan biri boʻldi. Hamma narsa qilinadi, vaziyatlar yaratiladi, lekin toʻp darvozaga kirmaydi. Odamlarda shubha paydo boʻlishini tushunaman, ammo bu shunday holat emas. Xotirjam boʻling. Bu bosqichni ortda qoldirish kerak va endilikda Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyin haqida oʻylash lozim», — deb yozdi Kasilyas ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib oʻtamiz, Ispaniya terma jamoasining navbatdagi oʻyini Jahon chempionati doirasida 21 iyun kuni boʻlib oʻtadi. Ispaniya Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar