Kasilyas "Portu" murabbiylar shtabida ish boshladi

  • 15.07.2019 16:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyalik mashhur darvozabon Iker Kasilyas “Portu”ning murabbiylar shtabida ish boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Kasilyas jamoa futbolchilarining murabbiy va rahbariyat bilan aloqalari uchun javobgar bo‘ladi. Bundan tashqari keyinchalik unga jamoadagi boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli posbon “Portu”da 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum oxirida mashg‘ulot paytida yurak xurujiga uchrab, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Shundan so‘ng faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!