Kasilyas "Portu"dan ketmaydi

  • 17.05.2019 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas tez orada o‘zining futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qiladi. Bu hqda O Jogo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 37 yoshli ispaniyalik posbon faoliyatini yakunlagach klub ma’muriyatida ish boshlaydi. “Portu” rahbariyati afsonaviy darvozabonga klub tuzilmasida faoliyatini davom ettirishni taklif qilgan, o‘z navbatida u ham ushbu taklifni bajonidil qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kasilyas 1 may kuni mashg‘ulotlar paytida yurak xurujiga uchrab shifoxonaga yotqizilgan edi. U keyinchalik jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!