Kastello Lyukebaga APL grandlari qiziqish bildirmoqda
"RB Leyptsig" himoyachisi Kastello Lyukeba Angliya Premier-ligasining bir qator top klublari e'tibor markaziga tushdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Liverpul", shuningdek Londonding "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Liverpul" rahbariyati Virjil van Deykning ehtimoliy o‘rnini bosuvchi asosiy variantlardan biri sifatida Lyukebani ko‘rib chiqmoqda.
Hozirda futbolchining transfer bahosi taxminan 45 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning "RB Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi.
Joriy mavsumda Lyukeba 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar