Kavaniga jamoa topildi
“Atletiko” rahbariyati ishsiz yurgan to‘purar Edinson Kavaniga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar bilan Parij mehmonxonalaridan birida uchrashib, ikki yillik shartnoma shartlarini muhokama qilgan.
Avvalroq, Kavani “Yuventus”, “Roma”, “Gremio”, “Benfika” bilan muzokara o‘tkazib, maosh masalasida kelisha olmagan edi. Xususan, “Atletiko” bilan bo‘lgan dastlabki muzokara ham barbod bo‘lgandi.
Kavanining agentlari 33 yoshli hujumchi xizmatlarini “Barselona”ga ikki bor, “Real”ga esa bir marta taklif qildi. La Liga grandlari bu taklifni qabul qilmadi.

Fikrlar