Kazemiro yangi klub bilan kelishuvga erishdi
Futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemironing kelajagi bo‘yicha yangi ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.
34 yoshli futbolchining «Manchester Yunayted» bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi va u erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi. Bu esa tajribali yarim himoyachiga yangi klub tanlash imkonini berdi.
Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Kazemiro AQSh klubi «Inter Mayami» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Endi tomonlar o‘rtasidagi rasmiy shartnoma yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar