
Kecha narxi 200 millionlik futbolchi bilan shartnoma imzolagan "Neftchi" bugun ham yangi transferni e’lon qildi
"Neftchi" jamoasining Toshkentdagi yig‘ini davom etmoqda. Tarkibni optimallashtirish borasidagi ishlar jarayoni tufayli jamoa ko‘rigidagi futbolchilar bilan qator shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Jumladan, o‘tgan mavsumda "Buxoro" klubida faoliyat yuritgan hujumkor yarim himoyachi Izzatillo Abdullaev erkin agent sifatida bugun "Neftchi" PFK bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar