
Kecha yirik hisobda yutqazgan "Navbahor" bugun yana o‘ynaydi
Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan "Navbahor" kecha Rossiyaning "Rodina" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Ushbu bellashuvda namanganliklar o‘z darvozasidan javobsiz 5 ta to‘p o‘tkazib yubordilar. Undan oldin esa Xorvatiyaning "Vunkovar" jamoasiga 0:4 hisobida yutqazishgandi.
Bugun "Navbahor" uchinchi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Armanistonning “Urartu” (Erevan) jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar