Kelesda karate bo‘yicha "Keles-Open" halqaro turniri o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 10-11 iyun kunlari Toshkent tumani sport maktabiga qarashli universal sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, viloyat karate federatsiyasi va qator hamkor tashkilotlar ko‘magida sportning karate- wkf turi bo‘yicha "Keles-open" to‘rtinchi an’anaviy xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

photo_2023-06-11_18-54-11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyuldagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori hamda 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan mazkur xalqaro turnirda mamlakatimizning barcha hududlaridan hamda qo‘shni Qozog‘iston va Tojikiston davlatlardan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 600 nafardan ortiq karate ustalari g‘oliblik uchun bahslarda ishtirok etishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur IV-an’anaviy musobaqani "KELES- KARATE" sport klubi rahbari, musobaqa bosh kotibi Dilshod Yusupov va xalqaro toifadagi hakam Sanjar Maqsudov boshchiligidagi 30 nafar hakamlar boshqarib borishdi.

photo_2023-06-11_18-54-04
Ikki kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijalirga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Xorazm viloyati karatechilari egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinlar Sirdaryo va Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.
Barcha vazn toifalaridagi g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!