Kellini AQShga ketadi

  • 30 may, 2022, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jorjo Kellini "Los-Anjeles"ga o‘tishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

"Men yangi chaqiruvlarni yaxshi ko‘raman, xatto shaxsiy xayotimda ham. "Yuventus"ga albatta qaytaman, chunki bu mening uyim" - dedi u "la Gazzeta dello Sport" nashriga.

"Mening klub bilan xayrlashuvim yosh futbolchilarning o‘sishiga katta yordam beradi", - deb qo‘shimcha qildi "Yuventus" sardori.

37 yoshli himoyachi Turin klubi safida 17 yildan beri faoliyat olib borayotgan edi. Kellini barcha musobaqalarda 561 o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol kiritgan. Shuningdek, bu yillar oralig‘ida Jorjo "Yuventus" bilan 20 sovringa ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!