Kellini bugun yubiley o‘yinlarini o‘tkazmoqda

  • 13 fevral, 2021, 23:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini bugun “Napoli”ga qarshi bo‘lib o‘tayotgan A Seriyaning 22-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, bu 36 yoshli futbolchi uchun Italiya A Seriyasidagi yubiley 400-o‘yin bo‘ldi. U ushbu o‘yinlarning 37 tasini “Fiorentina”, 363 tasini esa “Yuventus” safida o‘tkazgan.

Bundan tashqari, Kellini “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 500-o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Jorjo Kellini “Yuventus” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!