Kellini eng yomon jamoadoshi kimligini aytdi

  • 9 may, 2020, 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" himoyachisi Jorjio Kellini eng yomon jamoadoshi kimligini aytdi.

Tecno

“Balotelli - yoqimsiz odam, u jamoani hurmat qilmaydi. Ko‘pchilik uni dunyoning eng yaxshi beshta hujumchisidan biri deb hisoblaydi, ammo men uni kuchli yigirmatalikka ham kiritmagan bo‘lardim.

Lekin, undan ham yomonroq yana bir odam bor. Bu Filipe Melo. U yomonlarning yomoni. Doim o‘ziga raqobatchi izlab yuradigan va boshqalarni hurmat qilmaydiganlar menga yoqmaydi. Biz u bilan yaqin kelganimizda, albatta jandal kelib chiqishi mumkin. Men klub rahbariyatiga u chirigan olma ekanligini aytganman”, - deydi Kellini.

Filipe Melo 2009-2011 yillarda “Yuventus” safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!