
Kellini muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini o‘ng oyoq tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan so‘ng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 35 yoshli italiyalik futbolchini Insbrukdagi mashhur jarroh Kristian Fink operatsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kellini o‘tgan hafta juma kuni mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan edi. Shundan so‘ng himoya markazi kuchsizlangan “Yuventus” A Seriyaning ilk turida “Napoli”dan naqd 3ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar